Afg‘oniston poytaxtida ro‘y bergan portlash oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Sinxua” agentligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Agentlik manbasining ma’lum qilishicha, 28-noyabr, shanba kuni sodir bo‘lgan portlashda “ikki kishi halok bo‘lgan va bir necha kishi yaralangan”. Boshqa tafsilotlar keltirilmagan.
Izoh (0)