“Manchester Yunayted” hujumchisi Ueyn Runi restling-shou ishtirokchisiga aylandi, deya xabar bermoqda “Sports.ru”. Mashhur futbolchi jang chog‘ida professional restler Styuart Bennetga tarsaki tushirdi.
“Hodisa” Bennett Runiga qarata “forvardning kichik o‘g‘li o‘z otasining mag‘lubiyatini ko‘rishini istamasligi”ni aytganidan so‘ng sodir bo‘ldi. Shundan keyin kurashchi Runiga yaqinlashib, qo‘lini bigiz qilib uni ko‘rsatdi.
Biroq forvard o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi va hammaga “o‘zini himoya qila olishi”ni ko‘rsatib qo‘ydi. Runi “dilozor”ga kuchli tarsaki tushirdi, natijada Bennett nokdaunga uchradi.
Izoh (0)