“Chelsi” bosh murabbiysi Joze Mourinyo terma jamoalar o‘yini bilan bog‘liq tanaffus vaqtida iste’foga chiqmaydi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Angliya premer ligasidagi ketma-ket uch mag‘lubiyatga qaramay, “Chelsi” xo‘jayini Roman Abramovich jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyoni hozircha bo‘shatmaslikka qaror qildi. The Times ma’lumotiga ko‘ra, portugaliyalik terma jamoalar o‘yini bilan bog‘liq tanaffus chog‘ida iste’foga chiqarilmaydi va klubni chempionatning kelgusi o‘yiniga tayyorlashi mumkin. Shu bilan birga, Abramovich jamoaning mag‘lubiyatlari davom etgan taqdirda Mourinyoga boshqaruvni kafolatlay olmasligi ta’kidlanmoqda.
Oldinroq Jozening “Monako”ga o‘tishi haqida ovozalar tarqalgandi, biroq fransuz klubi bu xabarni inkor etdi.
Izoh (0)