Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasi 29-turidan o‘rin olgan navbatdagi beshta o‘yin 5-noyabr, payshanba kuni bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Professional futbol ligasi matbuot xizmati.
Oliy Ligadan tushib ketish ostonasida turgan Samarqandning “Dinamo” klubi bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagan “Andijon” musobaqadagi o‘rnini saqlab qolish masalasini to‘la hal qildi.
Ikki autsayder — “Buxoro” va “So‘g‘diyona” mos ravishda Farg‘ona viloyatining ikki jamoasi — “Neftchi” va “Qo‘qon-1912”ni bir xil — 3:1 hisobida mag‘lub etib, so‘nggi turda Jizzaxda bo‘ladigan “So‘g‘diyona” — “Buxoro” uchrashuvi ahamiyatini oshirib yubordi.
Eslatib o‘tamiz, turning dastlabki uchta uchrashuvi 4-noyabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tgandi. Xususan, mazkur turda safarda “Nasaf”ni mag‘lub etgan “Paxtakor” navbatdagi chempionlik sari muhim qadam tashladi.
Oliy Liga, 29-tur 5 noyabr, payshanba “Sho‘rtan” (G‘uzor) – “Navbahor” (Namangan) – 3:1. 6201 tomoshabin. Gollar: S. Berdiyev (48), I. Taran (57, penalti, 65) – D. Jabborov (33).
“Qizilqum” (Navoiy) – “Metallurg” (Bekobod) – 1:1. 5103 tomoshabin Gollar: G‘. Jumayev (76) – M. Sulaymonov (74).
“Buxoro” (Buxoro) – “Neftchi” (Farg‘ona) – 3:1. 12318 tomoshabin. Gollar: A. Ibragimov (58), R. Melzetdinov (87, penalti), O. Shukurov (90+4) – U. Qodirov (65).
“Qo‘qon-1912” (Qo‘qon) – “So‘g‘diyona” (Jizzax) – 1:3. 4647 tomoshabin. Gollar: O. Haydarov (70) – M. Muzaffarov (9), S. Rihsiboyev (43), D. Hakimov (57).
“Andijon” (Andijon) – “Dinamo” (Samarqand) – 1:1. 4821 tomoshabin. Gollar: F. Bekmurotov (86) – F. Shotursunov (88).
Oliy Liga jadvalining 29-turdan keyingi holati:
Oliy Liganing so‘nggi, 30-tur uchrashuvlari 20-noyabr, juma kuni bo‘lib o‘tadi. Barcha uchrashuvlar 14:00 da boshlanadi:“Navbahor” — “Lokomotiv”“Metallurg” — “Sho‘rtan”“Neftchi” — “Qizilqum”“So‘g‘diyona” — “Buxoro”“Bunyodkor” — “Qo‘qon-1912”“Dinamo” — “Olmaliq”“Paxtakor” — “Andijon”“Mash’al” — “Nasaf”
Izoh (0)