Jahon chempionati—2018 ikkinchi saralash bosqichi doirasidagi Yaman — O‘zbekiston uchrashuvini ummonlik hakamlar boshqarib boradigan bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
17-noyabr kuni Qatarning Doha shahridagi Grand Hamad Stadium’da bo‘lib o‘tadigan ushbu o‘yinga bosh hakam sifatida Abdulloh Muhammad Al-Hiloliy tayinlangan. Unga qanotlarda Hamid Sulaymon Al-Mayahiy hamda Rashid Hamid Al-Gaitiy yordam beradi.
Uchrashuv nazoratchisi — Ma’sud Inoyat (Eron). Komissar — Cheng Yong Liang (Xitoy).
Eslatib o‘tamiz, 12-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston — KXDR uchrashuvini eronlik hakamlar boshqarib boradi.
Izoh (0)