2018-yil 1-yanvardan boshlab hisobga olishning zamonaviy elektron asboblariga ega bo‘lmagan yuridik shaxslarga elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berilishi taqiqlanadi. Bu qoida O‘zbekiston Respublikasi hukumatining 2-noyabrdagi qarorida ko‘zda tutilgan, deya xabar beradi “Gazeta.uz”.
Hujjatda ta’kidlanishicha, yuridik shaxslar tomonidan xarid qilinadigan elektron asboblar elektr energiyasi va gaz hisob-kitobi hamda nazoratining avtomatlashtirilgan tizimiga mos bo‘lishi lozim.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq 2021-yilgacha O‘zbekistonda tabiiy gazni hisobga olishni nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi to‘liq o‘rnatilishi haqida xabar qilingandi.
Izoh (0)