• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12578.21
    • RUB160.31
    • EUR14633.49
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Narxi millionga teng fikrlar

    Zamonamiz har kim o‘z biznesini ochishi va shu orqali boyib ketishi uchun eng qulay paytlardan biri sanaladi. Siz inson faoliyatining turli sohalaridagi ko‘plab imkoniyatlarning qurshovidasiz va ulardan qay darajada foydalana olish tamomila o‘zingizga bog‘liq. Sizdan talab etiladigani — ulkan istak va harakatga tayyorlik. Brayan Treysi kitoblari va seminarlari esa, shubhasiz, bunda sizga yordam beradi.

    Foto: Be The Change Group

    Foto: Be The Change Group

    Malakali biznes-maslahatchisi, kouch, muallif va amaliyotchi hisoblangan Treysi bundan ko‘p yillar muqaddam “o‘zini-o‘zi millioner qilgan”larning tarixini o‘rganishni boshlagan. Ular haqida qancha ko‘p o‘rgangani sari, o‘zi ham shu darajada ulardan biriga aylanib borar edi. Millioner maqomiga erishish uchun Treysiga besh yil kerak bo‘ldi. Uning bugungi butun faoliyati — mazkur yo‘lni boshqalar uchun qisqartirishga yo‘naltirilgan.

    Rivojlanishni va o‘z biznesini qurishni istaydiganlar uchun Brayan Treysi talqini bo‘yicha “o‘zini-o‘zi millioner qilganlar”ning 7 ta sirini e’tiboringizga havola qilamiz.

    • Demak, “o‘zini-o‘zi millioner qilganlar”ning birinchi siri — keng miqyosda fikrlang va ulkan narsalar haqida orzu qiling. O‘zingizga tinmasdan “Men qila olaman!”, deya ta’kidlang. O‘zingizga qayta-qayta berishingiz bo‘lgan yagona savol esa “Qanday qilib?”, bo‘lsin. “O‘zini-o‘zi millioner qilganlar” o‘z qiyofasini, kelgusida boy va omadli bo‘lishlarini aniq tasavvur qila oladi. Hayotingizdagi mutlaqo barcha o‘zgarishlar o‘zingiz haqingizda shakllantirganingiz muayyan yangi emotsional aqliy obrazda vujudga keladi. Qolaversa, hech qachon muvaffaqiyatli kishilarni tanqid qilmang. Muvaffaqiyatli kishilarni tanqid qilib, o‘zingizdagi muvaffaqiyatning barcha imkoniyatlarini zaiflashtirasiz. Aksincha, muvaffaqiyatli kishilardan ilhom oling! Boshqalarning zafarlaridan qancha ko‘p xursand bo‘lsangiz, o‘zingiz muvaffaqiyatga shuncha tez erishasiz.
    • Ikkinchi sir: boshqalardan farqli bo‘lish, ustun kelishni hayotingizning asosiy maqsadi etib belgilang. Bajaradigan barcha ishlaringiz yuksak darajada bo‘lishiga intiling va o‘zingizga yuqori talablarni belgilang. Bajaradigan ishlaringizda yuqori darajali professionalizmga erishmaguningizga qadar, hech qachon boy va baxtli bo‘la olmaysiz. O‘z oldingizga shunday maqsadni qo‘ying va shu yo‘nalishda harakatni boshlang. O‘z ishingiz va kasbingizda yanada a’lo bo‘lishingizga sabab bo‘luvchi har bir qadamingiz sizni yanada baxtli qiladi. Faoliyat yuritadigan sohangizda birinchi yigirmatalik, so‘ng o‘ntalik, keyin esa beshtalikka aynan siz bo‘lishingiz kerakligi haqida qaror qabul qiling.
    • Uchinchi sir: o‘zingiz va hayotingiz uchun butun mas’uliyatni bo‘yningizga oling. O‘zingizga qancha ko‘p mas’uliyatni olsangiz, shu darajada sohangiz yetakchisiga aylana borasiz. O‘z muvaffaqiyatsizliklarida boshqalarni ayblashda to‘xtashning eng tez usuli — bu o‘ziga: “Bunga men javobgarman!”, deyishdir. O‘zingizga qancha ko‘p mas’uliyat olsangiz, hayotingizni aynan o‘zingiz nazorat qilayotganingiz hissiga bo‘lgan ishonch shuncha kuchli bo‘ladi. O‘z hayoti ustida nazorat va baxt hissi o‘rtasida mutlaq bevosita aloqa mavjud.
    • To‘rtinchi sir: doimiy izlanish hayotingiz bosh maqsadi bo‘lsin. “O‘zini-o‘zi millioner qilganlar” o‘z sohalarida izlanishdan hech qachon to‘xtamaydi. O‘z ishingiz to‘g‘risida har kuni yangilik o‘rganishga intiling, salohiyatingizning barcha kuchlarini ishga soling. Qancha ko‘p o‘rgansangiz, oldinga qarab shuncha tez ilgarilab boraverasiz. Bilim va ko‘nikmalar — XXI asrda muvaffaqiyatlarga erishish kalitidir. Qo‘shimcha bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishda hech qanday to‘siq yo‘q. Demak, hayot davomida ilgariga qarab borishingizning tezligi hech nima bilan chegaralanmagan.
    • Beshinchi sir: ijodkorlikni rivojlantiring va innovatsiyalarni tatbiq eting. Maqsadlaringizga erishishning yangiroq, tezroq va samaraliroq yana qanday yo‘llari borligini aniqlang va bu yo‘lda izlaning. Qancha ko‘p narsani o‘rgansangiz va qancha ko‘p harakat qilsangiz, atrofingizda shuncha hayratomuz voqealar yuz beraveradi.
    • Oltinchi sir: tezkor va ishonchli degan obro‘ga erishing hamda shu orqali boshqalarga sizga ishonish mumkinligini namoyon eting. “O‘zini-o‘zi millioner qilganlar” tez harakat qiladi va o‘z so‘zida turadi. Odamlar bu millionerlarga yanada ko‘proq tayana boshlaydi. Izchillik — muvaffaqiyat garovi. O‘ta aqlli bo‘lish yoki qandaydir noyob iste’dodga ega bo‘lish shartmas, shunchaki, oldinga qarab izchil harakat qilish kerak, xolos. Nimaiki va’da bergan bo‘lsangiz, barchasini hamisha vaqtida bajaring. Kishilar sizga doimo va har qanaqangi vaziyatlarda ishona boshlamagunlariga qadar, faoliyatingizda yuqori darajali sifatga rioya qilishda davom eting.
    • “O‘zini-o‘zi millioner qilganlar”ning yettinchi siri, bu — tirishqoqlikdir. Bu sifatsiz muvaffaqiyatga erishish mumkin emas. Hech qachon taslim bo‘lmang. Muvaffaqiyatga erishish uchun, ehtimol, ko‘p va og‘ir sharoitda ishlashga to‘g‘ri kelishi mumkinligiga tayyor bo‘ling. Bir necha ming millionerlar orasida tadqiqot o‘tkazilganda, ularga “Siz nima uchun va qanday qilib muvaffaqiyatli bo‘ldingiz?”, degan savol berilgan. Ularning 85 foizi tamomila bir xil javob qaytargan: “Muvaffaqiyat hamisha mening hamrohim, negaki, men boshqalarga qaraganda ko‘proq va zo‘r berib ishlayman”. Shuning uchun ishni boshqalarga qaraganda ertaroq boshlash, ko‘proq ishlash va ishdan kechroq ketishlarga tayyor turing. “O‘zini-o‘zi millioner qilganlar” haftasiga 50—90 soat ishlaydi. Aksariyati 70—80 soat ishlaydi. Boshqacha qilib aytganda, haftasiga 40 soat ishlab, muvaffaqiyatli bo‘lgan kishilar mavjud emas. Haftasiga 40 soat ishlash — sizga tirik qolishni ta’minlaydi, xolos. 40 soatdan oshig‘i – bu muvafaqqiyatingizga mablag‘ sarflash demakdir. O‘z ustingizda, hech bo‘lmaganda, ishda ishlagandek — ko‘p, faol va astoydil ishlang va bu albatta o‘z samarasini beradi.
    Bugungi kunda bizga har kuni yopirilib kelayotgan ulkan axborot oqimida ro‘y-rost vaziyatni aniqlash juda mushkul. Shunday bo‘lsa-da, tonnalab ma’lumotlarni o‘rganib chiqadigan va shu orqali noyob tajribaga erishgan kishilar oramizda mavjud, albatta. Ularning o‘zi, hayotlarida muayyan cho‘qqilarga erishgach, boshqalarga yaxshini yomondan ajratish va jamoatchilikka eng muhim bo‘lgan axborotni yetkazishga ko‘maklashadi. Brayan Treysi ham shunday inson — bo‘lajak millionerlarni “yetishtiruvchi” millioner. Siz bu kabi kishilarni tanqid qilib, o‘zingizning baxt va taraqqiyot sari yo‘lingizni berkitishda davom etishingiz yohud ularning biriga aylanishingiz mumkin. Ayniqsa, bu kabi imkoniyat sizda endilikda mavjud: 7-noyabr kuni Toshkentdagi “Turkiston” san’at saroyida Brayan Treysi o‘zining butun dunyoda eng mashhur “Maksimumga erishish” seminari bilan chiqish qiladi.

    Eslatib o‘tamiz, Brayan Treysidan eksklyuziv seminar — tadbirning bosh aloqa homiysi bo‘lmish Ucell mobil aloqa operatori ko‘magida o‘tkaziladi. Ta’kidlash joiz, kompaniya O‘zbekistonda bu kabi ta’limga oid tashabbuslarni ilk marotaba ko‘rsatayotgani yo‘q. Hayotni yaxshilik sari o‘zgartirishni shior qilib olgan Ucell, o‘z shaxsiy va professional ko‘nikma va sifatlarini rivojlantirish va mukammallashtirishga intilayotganlarga seminarga tashrif buyurish imkoniyatini taqdim etadi.

    Shu bilan birga, Ucell’dan maxsus viktorina natijalariga ko‘ra, 10 ta qatnashchi-finalchilar mazkur jahon miqyosidagi tadbirda qatnashib, Brayan Treysi bilan shaxsan muloqotda bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Viktorinada ishtirok etish talablari juda oddiy — buning uchun Ucell abonenti bo‘lish va maximum@ucell.uz’ga “Brayan Treysining ‘Maksimumga erishish’ seminari hayotimni qanday qilib yaxshilikka tomon o‘zgartira oladi?”, degan savolga javobingizni elektron xat ko‘rinishida jo‘natsangiz kifoya. Ucell vakillari hamda seminarning tashkilotchilari va hamkorlaridan tashkil topgan viktorina hakamlar hay’ati eng sara va original javoblarni tanlaydi. Viktorina natijalari 2015-yil 5-noyabr kuni ucell.uz saytida hamda operatorning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi. Shoshiling, ehtimol, omad aynan sizga kulib boqar!

    Seminar to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotni tadbirning rasmiy sayti — www.change.uz va (+99890) 994-12-11, (+99890) 995-12-11, +998 (90) 994-16-11 telefonlari orqali olishingiz mumkin.

    Reklama huquqi asosida. “Daryo” ushbu tadbirning axborot hamkori hisoblanadi

    05.11.2015, 15:40   Izoh (0)   49866
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda MDHga a’zo davlatlar temir yo‘l transporti bo‘yicha Kengashining majlisi boshlandi

    05.11.2015, 14:38

    Afsonaviy “Globus” teatri Toshkentda “Gamlet”ni namoyish etdi

    05.11.2015, 13:46

    “Lukoyl” Qashqadaryodagi Hisor konida elektr ta’minoti obyektlarini qurdi

    05.11.2015, 12:42

    Tbilisida O‘zbekiston-Gruziya siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi

    04.11.2015, 22:21

    Bloomberg TV xalqaro telekanalida O‘zbekistonning investitsiyaviy salohiyati haqidagi rolik namoyish etilmoqda (video)

    04.11.2015, 21:51

    Toshkentda yo‘lning qarama-qarshi qismiga chiqqan avtomobil YHXX xodimi e’tiboridan chetda qoldi

    04.11.2015, 21:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz

     

    Tavsiya etamiz

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yetakchi davlatlar Isroilni G‘azoga yordam yetkazishga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilishga chaqirdi

    Dunyo | 21 iyul, 22:00

    Makronning reytingi rekord darajada pastladi

    Dunyo | 21 iyul, 21:41

    Ukrainada korrupsiyaga qarshi kurash byurosi rahbarlaridan biri qo‘lga olindi

    Dunyo | 21 iyul, 21:25

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    Dunyo | 21 iyul, 21:06

    Janubiy Koreya generali Shimoliy Koreya bilan ataylab urush yuzaga keltirishga urinishda ayblanmoqda

    Dunyo | 21 iyul, 20:50

    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi

    Reklama | 21 iyul, 19:30

    Bangladeshda o‘quv samolyoti qulab tushishi oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi (foto, video)

    Dunyo | 21 iyul, 20:35

    O‘zbekistonda juda issiq havo hafta davomida saqlanib turadi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 20:25

    AQSH federal sudlari 75 foiz holatlarda Trampga qarshi qarorlar chiqargan

    Dunyo | 21 iyul, 20:15

    Go‘shtdan metangacha: O‘zbekistonda qaysi mahsulotlar keskin qimmatlashgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 20:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.