Janubiy Sudanda yuz bergan aviahalokat oqibatida 40 dan ortiq odam halok bo‘ldi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Samolyot bortida besh nafar rossiyalik bo‘lgan, ularning barchasi ekipaj a’zolari edi. AirLive ma’lumotlariga ko‘ra, qulagan havo kemasi — Rossiyaga tegishli An-12 samolyotidir.
Avvalroq, Janubiy Sudan poytaxti Jubada yuk samolyoti qulagani, hodisa oqibatida faqat ikki kishi, xususan, bir chaqaloq omon qolgani haqida xabar berilgan edi. Qayd etishlaricha, samolyot havoga ko‘tarilishi bilan Juba aeroportidan 800 metr masofada qulagan.
Izoh (0)