Pekin Amerika esminetsi Janubiy Xitoy dengizidagi Xitoy sun’iy orollari yaqinida Xitoy Xalq Respublikasi hududiga kirishi yuzasidan AQShga nisbatan norozilik bildirdi, deya xabar bermoqda “Interfaks” Xitoy tashqi ishlar vazirligiga tayanib.
Vazirlik saytida yozilishicha, Amerika harbiy kemasining ushbu harakatlari “Xitoy suvereniteti va xavfsizligiga, orollardagi kishilar va obyektlar xavfsizligiga tahdid soladi, mintaqadagi tinchlik va barqarorlikka zarar yetkazadi”.
Amerika esminetsi Pekin tomonidan “ko‘p bora berilgan ogohlantirishlarga qaramay” Xitoy hududiga kirgani ta’kidlandi.
TIV xabarida qayd etilishicha, Xitoy AQShning “ushbu arznomaga tegishli tarzda munosabatda bo‘lib, yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni zudlik bilan to‘g‘rilashiga, bundan keyin Xitoy suvereniteti va xavfsizligiga tahdid soladigan provokatsion harakatlardan tiyilishiga” umid qilib qoladi.
Izoh (0)