Afg‘oniston telekanali boshlovchisi Hindikush tog‘larida ro‘y bergan zilzila vaqtida videoga tushib qoldi, deb xabar beradi “Nur.kz”.
7,5 magnitudali yer qimirlashi 26-oktabr, dushanba kuni Afg‘onistonning shimoli-sharqida ro‘y berdi.
Afg‘onistonning Ariana TV Network telekanalining yangiliklar boshlovchisi to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirdagi chiqishi vaqtida yer silkinishi yuz berdi. Natijada teleboshlovchi o‘z o‘rnini tark etishga majbur bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistonning Hindikush tog‘larida yuz bergan yer silkinishi bir qator qo‘shni davlatlar, jumladan, O‘zbekistonda ham sezilgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati sodir bo‘lgan zilzila natijasida O‘zbekistonda qurbon bo‘lganlar va vayronagarchiliklar qayd etilmaganini ma’lum qilgan.
Izoh (0)