AQSh prezidenti Barak Obama 14—22-noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan Turkiya, Filippin va Malayziyada bo‘ladi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Joshua Ernest ma’lum qilgan, deya xabar berdi “TASS”.
“Turkiyada prezident ‘yigirmalik guruhi’, Filippinda Osiyo—Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi, Malayziyada esa AQSh – ASEAN (Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi) va Sharqiy Osiyo mamlakatlari sammitida ishtirok etadi”, — deya ta’kidlagan Ernest.
Oq uy vakilining aytishicha, bu anjumanlarda Obama barqaror iqtisodiy o‘sish va iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha global kelishuvni qo‘llab-quvvatlash borasida chiqish qilishi kutilmoqda.
Izoh (0)