KXDR hukumati hisob bo‘yicha to‘rtinchi yadroviy sinovlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Muxolifatdagi Yangi siyosatning demokratik alyansi partiyasidan saylangan deputat Sin Gyon Min va hukmron “Senuri” partiyasidan saylangan Li Chxol Uning razvedka xizmatlari hisobotlariga asoslanib bayonot berishicha, “Pxenyan aniq sanasi hozircha noma’lum bo‘lgan yadroviy sinovlarni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb taxmin qilish uchun barcha asoslar bor”.
Yonhap agentligining qayd etishicha, Janubiy Koreya parlamenti yig‘ilishi davomida deputatlar “KXDR qit’alararo raketani ishlab chiqishga hali ham qodir emasligi” yana bir bor ta’kidlagan.
2006, 2009 va 2013-yillarda KXDR yadroviy sinovlarni o‘tkazgan. Bunga javoban BMT Xavfsizlik kengashi Pxenyanga nisbatan turli sanksiyalar joriy etgan. So‘nggi ikki yil davomida Shimoliy Koreya AQSh va Janubiy Koreyaning birgalikdagi harbiy mashg‘ulotlariga javoban faqat ballistik raketalarni uchirdi, yadroviy sinovlarni esa o‘tkazgani yo‘q.
Izoh (0)