Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu o‘ng siyosiy kuchlar noroziligi sabab Quddus shahrining sharqiy qismida xavfsizlik devori o‘rnatish rejasini to‘xtatdi. Isroil OAVlarining yozishicha, loyiha yaqin orada ko‘rib chiqilmaydi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Kuni kecha politsiya Quddusdagi arablarning Jabel Mukaber kvartali hamda yahudiylarning Armon Xanatsiv kvartali o‘rtasida beton bloklar o‘rnatishga ulgurgan, shuningdek, arablar yashaydigan Isaviya manzilini ham yahudiylar kvartalidan devor bilan ajratish rejalashtirilgandi.
Isroil hukumatidagi vazirlarning bir qismi devorlar o‘rnatishga qarshi chiqdi. Ularning fikriga ko‘ra, bu holat Quddusni yahudiy va arab qismlariga bo‘linishni boshlab beradi.
Izoh (0)