BMT bosh kotibi Pan Gi Mun 20-oktabr, seshanba kuni ikki kunlik tashrif bilan Falastin hududlari va Isroilda bo‘ladi. Bu haqda, BMTdagi nomi oshkor etilmagan manbaga asoslanib xabar tarqatgan G‘arb matbuotiga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Qayd etishlaricha, Pan Gi Munning ushbu tashrifi haqida oldindan xabar berilmagan. Mazkur tashrif isroilliklar va falastinliklar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar so‘nggi bir necha haftadan beri keskinlashayotgan bir vaqtda bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)