AQSh harbiy-dengiz kuchlarining USS Porter (DDG 78) raketa esminetsi 6-oktabr, seshanba kuni Qora dengizga kiradi. Bu haqda “Yevropeyskaya pravda” xabar bermoqda.
AQSh harbiy-dengiz kuchlari 6-floti matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, ushbu harbiy kema “mintaqadagi tinchlik va barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Qora dengizga kiradi”.
“USS Porter kabi harbiy-dengiz kuchlarining Qora dengizda bo‘lishi imkoniyatlarimizni yaxshilash hamda ittifoqchi va hamkorlarimiz bilan munosabatlarni yanada rivojlantirishga ko‘mak beradi”, — dedi AQSh 6-floti vitse-admirali Jeyms Foggo.
Avvalroq USS Porter (DDG 78) raketa esminetsi Ruminiyaning “Machellariu” korveti bilan birgalikda Qora dengizda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazgan edi.
Izoh (0)