Rossiya maxsus xizmatlari 1990-yillar o‘rtasida Stavropol o‘lkasidagi Budyonnovskka hujum qilgan Shamil Basayev guruhi a’zosini qo‘lga oldi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” Federal xavfsizlik xizmatiga tayanib.
1972-yilda tug‘ilgan Rossiya fuqarosi B. Daudov ustidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shamil Basayev va Abu Movsayev rahbarligidagi yirik jangarilar otryadi hujumi 1995-yil 14-iyunda sodir etilgan, o‘shanda terrorchilar Budyonnovskning 1,6 mingdan ziyod aholisini garovga olgan edi. Ular Chechenistondagi harbiy harakatlar zudlik bilan to‘xtatilishini talab qilgan. Rossiya maxsus topshiriqli bo‘linmalari ularga qarshi hujum qilgan, natijada har ikki tomondan ko‘plab yo‘qotishlar bo‘lgan.
Izoh (0)