O‘rtayer dengizida, Liviya qirg‘oqlari yaqinida 5-oktabr, dushanba kuni halokatga uchrayotgan oltita katta qayiqdan 1,8 mingdan ziyod muhojir qutqarib qolindi. Bu haqda “Yevropeyskaya pravda” xabar bermoqda.
Yo‘lovchilarni qutqarish bo‘yicha o‘tkazilgan amaliyotlar chog‘ida jami 1830 nafar kishi qirg‘oqqa yetkazilgan. Yevropa Ittifoqining O‘rtayer dengizidagi amaliyotlarida qatnashayotgan uchta Italiya, bittadan Buyuk Britaniya va Irlandiya kemasi muhojirlarni qutqarishga safarbar etilgan.
Oldinroq so‘nggi besh kun mobaynida Liviya qirg‘oqlari yaqinida kamida 95 nafar muhojirning jasadi topilgani xabar qilingan edi.
Izoh (0)