Eron diniy rahbari oyatulloh Ali Xomeyniy mamlakat sudlari tomonidan hukm etilgan 630 nafar mahbusni afv etdi yoki muddatlarini qisqartirdi. Bu haqda “TASS” ma’lum qildi.
“Eron Oliy sudi raisi oyatulloh Sodiq Larijoniy taqdimnomasiga ko‘ra va Qurbon hayiti munosabati bilan Eron Islom respublikasi yetakchisi jamoat, inqilob sudlari, shuningdek, mamlakat qurolli kuchlari sud tashkiloti tomonidan turli jazolarga hukm etilganlarni afv etdi yoki muddatlarini kamaytirdi”, — deyiladi mahalliy Press-TV telekanali xabarida.
Izoh (0)