Amerikalik harbiylar “Chegara bilmas shifokorlar” xalqaro nodavlat tashkilotining Qunduz shahridagi kasalxonasiga uyushtirilgan havo hujumlari uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi. AQShning Afg‘onistondagi qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni general Jon Kempbell bombardimon uchun rasman kechirim so‘ragan. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar berdi.
“Chegara bilmas shifokorlar” mazkur aviahujum qurbonlari soniga aniqlik kiritdi. Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni 16 kishiga yetgan. Oldinroq 9 kishi hayotdan ko‘z yumgani, 30 kishi bedarak yo‘qolgani xaqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)