Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Moskvaning yangi jome’ masjidiga Muhammad payg‘ambarning sochini ehson qiladi, deb xabar qiladi “Gazeta.ru”.
“Bronlashtirilgan oyna bilan himoyalangan maxsus kapsulaga joylashtirilgan muqaddas buyumni tantanali marosimlarda masjidga tashrif buyuruvchilar tomosha qilishi mumkin”, — deyiladi Rossiya musulmonlari diniy idorasi matbuot xizmati xabarida.
Masjidning ochilish marosimida qatnashgan Qodirov muqaddas buyumni poytaxtga shaxsan keltirib berishi ta’kidlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 23-sentabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yevropadagi eng yirik jome’ masjidni keng ko‘lamli rekonstruksiyadan so‘ng ochib bergan edi.
Izoh (0)