Rossiya transport vaziri Maksim Sokolov Rossiya aviakompaniyalari laynerlariga haqiqatda Ukrainaga uchish taqiqlansa, Rossiya hukumati javob choralarini ko‘rishga majbur bo‘lishini aytdi, deb yozadi “RBK”.
“Biz bu aslida mamlakatlar orasidagi aviaqatnov to‘xtab qolishiga olib kelishini tushunamiz. Va bundan birinchi navbatda Ukraina fuqarolari zarar ko‘radi”, — dedi Sokolov.
Nashr eslatishicha, 25-sentabr kuni avvalroq Ukraina bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk Rossiyaning barcha aviakompaniyalari uchun Ukrainaga parvozlar taqiqlanishini e’lon qilgan edi.
Izoh (0)