Izsiz yo‘qolgan Malayziya “Boeing”i uch yo‘lovchisining qarindoshlari Malaysia Airlines aviakompaniyasi, shuningdek, Malayziya hukumati va qirollik harbiy-havo kuchlari ustidan shartnoma shartlarini buzganlik va ishga mas’uliyatsiz yondashganlik uchun sudga shikoyat qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Da’voda qayd etilishicha, javobgarlar “ularning oila a’zolari o‘limiga sabab bo‘lgan zararlarni yetkazgani munosabati bilan omma oldida uzr so‘rashi kerak”. Bundan tashqari, aviatashuvchi “chipta sotish shartnomasida mustahkamlab qo‘yilgan o‘z majburiyati — yo‘lovchilarni yakuniy manzilga yetkazish vazifasini bajarmagan”.
Bundan tashqari, da’voda ta’kidlanishicha, “parvoz vaqtida zarur darajada javobgarlikni ta’minlay olmagan”. Fuqaro aviatsiyasi departamenti rahbariyati esa “havo kemasining Malayziya javobgarligi hududidagi xavfsiz parvozi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmagan”.
Da’vogarlarning fikricha, “harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligi radarlarda noma’lum, kuzatib borilmayotgan havo kemasi paydo bo‘lishi bilan bu holatni tekshirishi va zarur choralar ko‘rishi kerak edi, biroq ular ham bunday qilmagan”.
Izoh (0)