Ukraina Ichki ishlar vazirligining Markaziy gospitali 25-sentabr, juma kuni Oliy Rada ostonasida 31-avgust kuni bo‘lib o‘tgan to‘qnashuvlar vaqtida yaralangan Milliy gvardiyaning yana bir jangchisi vafot etdi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar bermoqda.
“IIV Markaziy gospitali 31-avgust kuni Oliy Rada ostonasida yaralangan yana biri kishi — Bogdan Datsyuk vafot etdi. U o‘tgan davr mobaynida komada edi. Afsuski, shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmadi”, — deb yozdi Oliy Rada deputati Olga Bogomolets Facebook’dagi sahifasida. Milliy gvardiya matbuot xizmati jangchining vafoti haqidagi axborotni tasdiqladi.
Bungacha, Oliy Rada ostonasidagi 31-avgustdagi to‘qnashuvlar oqibatida Milliy gvardiyaning uch jangchisi halok bo‘lgandi. Xususan, ularning biri 31-avgust kuni, ikki nafari esa 1-sentabr kuni vafot etgan edi. Halok bo‘lgan yigitlarning barchasi 20—25 yosh oralig‘ida edi.
Izoh (0)