AQSh Kongressi vakillar palatasi spikeri Jon Beyner yopiq yig‘ilishda oktabr oxirida iste’foga chiqishini ma’lum qildi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Spikerga Respublikachilar partiyasining konservativ qanoti tomonidan bosim o‘tkazilgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. Aynan 1-oktabrdan boshlanadigan 2016 moliyaviy yil budjetidagi davlat xarajatlari muhokamasi tortishuvlarga sabab bo‘lgani ehtimoldan xoli emas.
Respublikachilar partiyasidan deputat Jon Mikning ta’kidlashicha, Beyner “hech kimga muammo tug‘dirmaslikka qaror qilgan”.
Izoh (0)