Nepal yangi konstitutsiyani qabul qildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” mamlakat prezidenti Ram Baran Yadavga tayanib.
“Men Ta’sis majlisi tomonidan qabul qilinib, Ta’sis majlisi rahbari tomonidan tasdiqlangan, bugun, 20-sentabrdan kuchga kirgan Nepal konstitutsiyasi haqida e’lon qilaman”, — deya prezident so‘zlaridan iqtibos keltiradi Agence France-Presse.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, konstitutsiyaning qabul qilinishi hinduiylik davlatidan dunyoviy davlatga o‘tishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Izoh (0)