Chilida 5,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi. Yerosti silkinishlari 20-sentabr, yakshanba kuni tongda 34,3 kilometr chuqurlikda sezilgan, deya ma’lum qildi AQSh Geologiya xizmati. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Zilzila markazi Ovale shahridan 36 kilometr janubi-g‘arbda joylashgani bildirilmoqda. Yakshanbaga o‘tar kechasi Chili sohillarida magnitudasi 4,7 dan oshmagan yana bir necha yerosti silkinishlari ham kuzatilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Chilida 8,3 magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘lgan, buning oqibatida 13 kishi halok bo‘lib, yana olti kishi dom-daraksiz yo‘qolgani xabar berilgan edi. Mamlakat rasmiylari sunami xavfi tufayli 1 milliondan ziyod kishini evakuatsiya qilishga majbur bo‘lgan.
Izoh (0)