АQSh harbiy-havo kuchlariga qarashli mashg‘ulot samolyoti 19-sentabr, shanba kuni Nyu-Meksiko shtatida quladi. Bu haqda “Gazeta.kz” xabar bermoqda.
Samolyot bortida ikki kishi — harbiy instruktor va uning o‘quvchisi bo‘lgan. Halokatdan oldin ular katapulta yordamida qutulib qolgan.
Qulash sabablari hozircha ma’lum emas. AQSh federal aviatsiya boshqarmasi hodisa tafsilotlarini o‘rganishni boshladi.
Izoh (0)