20-sentabr, yakshanba kuni 46 nafar muhojir bo‘lgan damlama qayiq Gretsiyaning Lesbos oroli yaqinida cho‘kib ketdi. Bu haqda “ТАSS” xabar bermoqda.
Qutqaruvchilar quruqlikka 20 kishini olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi, 26 kishi dom-daraksiz yo‘qolgan, deb hisoblanmoqda. Qutqarilganlar va yo‘qolganlarning qaysi mamlakat fuqarolari ekanligi hozircha aniqlanmagan.
Bundan bir kun avval, 19-sentabr, shanba kuni ham Turkiyadan Gretsiyaga yetib olishni qo‘zlagan muhojirlar qayig‘i Lesbos oroli ma’muriy markazi Mitilini shahridan besh kilometr narida cho‘kib ketgan, unda bo‘lgan besh yoshli suriyalik qizaloq halok bo‘lib, 14 kishi dom-daraksiz yo‘qolgandi.
Izoh (0)