Mercedes-Benz Russia YoAJning korporativ aloqalar va strategik rivojlanish bo‘limini boshqargan Germaniya fuqarosi Aleksandr Lambert Moskvadagi “Dyuran-bar” tungi klubida ikkinchi qavatdan qulab, halok bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Baxtsiz hodisa erkak mast holatda zinadan pastga tushayotganida sodir bo‘ldi. U qoqilib, ikkinchi qavatdan tushib ketdi. Huquqni muhofaza qilish organlari xabariga ko‘ra, 34 yoshli Germaniya fuqarosi olgan shikastlanishlari tufayli o‘sha zahotiyoq vafot etgan.
Tungi klubda ro‘y bergan hodisa yuzasidan tergov qo‘mitasi tekshiruv boshladi.
Izoh (0)