AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi shu hafta Moskvaga maxfiy ravishda tashrif buyurdi va u yerda Rossiya Tashqi razvedka xizmati vakillari bilan Suriyadagi hamkorlikdagi harakatlar koordinatsiyasi bo‘yicha muzokaralar olib bordi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
AQSh razvedkasidagi manbalariga tayanib Bild am Sonntag yozishicha, amerikaliklar Moskvaning IShID guruhiga qarshi harakatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun razvedka ma’lumotlari bilan bo‘lishishga tayyor. Vashingtonda jangarilar soni oshishidan xavfsirashmoqda, shu tufayli bunday aloqalarga qiziqish bildirishmoqda.
Shuningdek, nashr Germaniya tashqi ishlar vaziri Frank-Valter Shtaynmayer Rossiya va AQShning Suriya masalasidagi hamkorligini ma’qullaganini ta’kidladi.
Izoh (0)