Dog‘iston tumanlaridan birida jangarilar qo‘lida halok bo‘lgani taxmin qilinayotgan besh nafar ovchining jasadi topildi. Bu haqda respublika huquq-tartibot idoralaridagi manbaga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
“18-sentabr, juma kuni Sulaymon Stalskiy tumanidagi Xtun qishlog‘i atrofida ovga chiqqan besh kishi yo‘qolgani haqida xabar keldi, — deya ma’lum qilgan agentlik suhbatdoshi. — Shu kunning o‘zida kechki payt ulardan uch nafarining jasadi topildi. Erkaklarning qo‘llari bog‘langan va chakkasidan otib o‘ldirilgandi. Bu yerdan uncha uzoq bo‘lmagan hududda boshi va ko‘kragidan o‘q yegan yana ikki ovchining jasadi topildi”.
Mazkur fojia ro‘y bergan joydan 100 metr narida jangarilarning yozgi qarorgohi aniqlangan.
Izoh (0)