Faoliyatini Qatar Yulduzlar Ligasida davom ettirayotgan O‘zbekiston termasi futbolchisi Sardor Rashidov yangi jamoasidagi ilk golini urdi, deb xabar beradi “Arena.uz”.
“Al Jayish” chempionatning 2-turida “Al Sayliya” jamoasini qabul qilib, yirik 4:0 hisobida g‘alaba nashidasini surdi. Ahamiyatlisi, Rashidov gollar shousidagi hisobni ochib berdi. Sardor 10-daqiqada hisobni ochdi. Shundan so‘ng jamoadoshi Hamdalloh dublga erishgan bo‘lsa, uchrashuvga nuqta qo‘yuvchi golga da Silva mualliflik qildi.
Eslatib o‘tamiz, “Al Jayish” Qatar Yulduzlar Ligasida 2-turdan keyini 4 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Peshqadam “Al Rayyan” hisobida 6 ochko bor. Ikkinchi pog‘onadan Xavi to‘p surayotgan “Al Sadd” 4 ochko bilan joy olgan.
Qatar Yulduzlar Ligasi. 2-tur
Al Jayish – Al Sayliya – 4:0 (2:0)Gollar: Sardor Rashidov, Hamdalloh (2ta), da Silva.
Izoh (0)