Gruziyaning Telavi shahridagi turnirda ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik tennischi Sabina Sharipova 18-sentabr kuni chorak finalda rossiyalik tennischi Polina Novikovaga qarshi kortga chiqdi, deb xabar beradi “Olamsport”.
Sabina 1 soatu 21 daqiqa davom etgan o‘yinda raqibini ikki set yakunlariga ko‘ra 6:2, 6:1 hisoblarida mag‘lub etdi va turnirning yarim finaliga yo‘llanma oldi.
Izoh (0)