Devis Kubogining jahon ligasiga chiqish uchun pley-off bosqichida O‘zbekiston va AQSh terma jamoalari o‘rtasidagi bahslar boshlandi. Toshkent mezbonlik qilayotgan qarama-qarshilikning dastlabki o‘yini yakuniga yetdi, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
Denis birinchi setda ortiqcha muammoga duch kelmadi — 6:1. Ikkinchi setda esa Jonson faollik va tajovuzkorlikni oshirib, vaziyatni tenglashtirdi — 6:4.
Uchinchi va to‘rtinchi setlar tay-brekkacha davom etdi. Tomonlar bir martadan “lotereya”ni o‘z foydalariga hal qildi. Beshinchi setda Istomin 7:5 hisobida g‘alaba qozonib, O‘zbekiston terma jamoasiga dastlabki ochkoni taqdim etdi.
Bugun, 18-sentabrda Farrux Do‘stov AQShning birinchi raqamli tennischisi Jek Sok bilan kuch sinashadi.
19-sentabr, shanba kuni juftliklar bahsi o‘tkaziladi. Istomin/Do‘stov tandemi Jonson/Kuerri juftligiga qarshi bahs olib boradi. Bahslarning so‘nggi kunida Denis Istomin Jek Sokka qarshi kortga chiqadi, shundan so‘ng Farrux Do‘stov Stiv Jonson bilan bahs olib boradi.
Izoh (0)