Toshkentda tennis bo‘yicha O‘zbekiston – AQSh terma jamoalari o‘rtasida Devis kubogi pley-off uchrashuvining birinchi kungi bahslari yakunlandi, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Dastlabki bahsda O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin besh set yakuniga ko‘ra, AQSh vakili Stiv Jonsonni mag‘lub etib, O‘zbekiston terma jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.
Ikkinchi o‘yinda Farrux Do‘stov AQSh terma jamoasi a’zosi Jek Sok bilan kuch sinashdi va 5:7, 3:6, 2:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Shunday qilib, birinchi kungi bahslardan so‘ng o‘rtadagi hisob teng — 1:1.
19-sentabr kuni juftliklar bahsida Istomin / Do‘stov dueti Jonson / Kuerri juftligiga qarshi bahs yuritadi.
20-sentabr kuni o‘tkaziladigan yakkalik bahsida Denis Istomin Jek Sok bilan, Farrux Do‘stov esa Stiv Jonson bilan kuch sinashadi.
Izoh (0)