O‘zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi Qatar yoshlar terma jamoasiga qarshi ilk o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi, deb xabar beradi O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati.
Dohada kechgan o‘yinning birinchi bo‘limida Behzod G‘anijonov hisobni ochgan bo‘lsa, uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida Jasur Yaxshiboyev Qatar darvozasiga ikkinchi golni kiritdi.
Qatar hamda O‘zbekiston U-19 yoshlar terma jamoalari o‘rtasidagi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvi 19-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Jasur Abduraimov shogirdlari 2—8-oktabr kunlari Bangladesh mezbonlik qiladigan U-19 yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Chempionati saralash turnirida ishtirok etadi.
O‘rtoqlik uchrashuvi.
Qatar U-19 – O‘zbekiston U-19 – 0:2Gollar: Behzod G‘anijonov (23), Jasur Yaxshiboyev (90+5).
Izoh (0)