Rossiya sport vaziri va mamlakat futbol uyushmasi prezidenti Vladimir Mutko FIFAdagi korrupsiya holatlari tekshiruvi 2018 yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chemionatiga ta’sir ko‘rsatmasligiga umid bildirdi. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda.
“Yangi ayblovlar ham bo‘ladi, chunki tekshiruv hali yopilgani yo‘q, — deya ta’kidlagan Mutko. — Fevralda FIFAga saylovlar o‘tkaziladi. Ammo jahon chempionatiga tayyorgarlikka buning ta’siri bo‘lmaydi. Bir narsani tushunish kerak: jahon birinchiligi — xalqaro futbol tashkilotining gavhari. Unga qasd qilmasliklariga ishonchim komil”.
Eslatib o‘tamiz, 17-sentabr, payshanba kuni FIFA bosh kotibi Jerom Valke o‘z lavozimidan ozod etilgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)