Kurash 2018-yil 18-avgustdan 2-sentabrga qadar Indoneziyaning Jakarta shahrida bo‘lib o‘tadigan 18-Yozgi Osiyo o‘yinlari rasmiy dasturiga kiritildi. Bu haqda 16-sentabr kuni Osiyo olimpiya kengashining Ashxoboddagi Bosh assambleyasida e’lon qilindi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
Har to‘rt yilda Osiyo olimpiya kengashi ko‘magida o‘tkaziladigan yozgi Osiyo o‘yinlari sport dunyosida kattaligi va muhimligi bo‘yicha yozgi Olimpiada o‘yinlaridan keyingi ikkinchi o‘rinda turadi.
E’lon qilingan dasturga ko‘ra, Indoneziyadagi o‘yinlarda kurash bo‘yicha 15 ta medallar to‘plami o‘ynaladi, ulardan yettitasi erkaklar, sakkiztasi ayollar o‘rtasidagi musobaqalarda beriladi.
Izoh (0)