“Lokomotiv” himoyachisi Vitaliy Denisov “Rubin”ga qarshi kechgan uchrashuvda nojo‘ya gap ishlatganini tan oldi, ammo futbolchi bu gap aniq kimgadir qaratilmaganini bildirdi, deya xabar bermoqda “Uff.uz”. Futbolchi bu haqda Intizom qo‘mitasiga tushuntirish xati yozgan.
“Maydon chetiga yugurib kelar ekanman, bosh murabbiydan zaxira almashtirishi bo‘lmasligini eshitdim. Oradan bir necha soniya o‘tgach, zaxira futbolchilari o‘tirgan tomondan kimdir gapirganini eshitdim. Uning gapi “ortingga sur”, degan ma’noda edi. Mening e’tiborim bosh murabbiy va to‘rtinchi hakamga qaratilgani bois, bu gap kimdan chiqqanini aniq ko‘ra olmadim.
Maydonga qaytar ekanman, zaxira o‘rindig‘iga teskari burilgan holda, o‘sha vaziyatdan va kimdir menga bu tariqa buyruq berayotganidan jahlim chiqib ketdi va hissiyotlarimni jilovlay olmay, nojo‘ya gap aytib yubordim.
Men bu bilan hech kimni haqorat qilmoqchi emas edim. Nojo‘ya gap esa bexosdan ishlatildi va u orqali kimnidir yerga urmoqchi emas edim. Bo‘lib o‘tgan ishdan juda afsusdaman va uzr so‘rayman. Ammo yana bir bor ta’kidlab o‘tishim lozim, men bu gap bilan aniq biror kimsani haqorat qilmoqchi bo‘lmaganman”, — deyiladi Vitaliy Denisov tomonidan qilingan bayonotda.
Nashr eslatishicha, Vitaliy Denisov Intizom qo‘mitasi tomonidan 60 ming rubl miqdorida jarimaga tortilgan.
Izoh (0)