Ukraina Futbol Federatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasi rahbari Denis Maniv o‘zini miltiqdan otib tashladi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Huquqni muhofaza qilish idoralaridagi manbaning ma’lum qilishicha, fojia tongda — Manivning ayoli va qizi uydan chiqib ketgan vaqtda yuz bergan.
Hozirgi vaqtda hodisa joyida tezkor tergov guruhi ish olib bormoqda. Militsiya mazkur voqeaga hozircha hech qanday rasmiy sharh berganicha yo‘q.
Maniv 2015-yilning martida Ukraina Futbol Federatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasi rahbari etib tayinlangan edi. U Ilichyevsk shahar kengashi deputati, yuridik firma rahbari sifatida ham ish olib borgan.
Izoh (0)