Olmaotada intellektual o‘yinlar bo‘yicha Yevrosiyo kubogi bo‘lib o‘tdi. Tadbir dasturidan “Nima? Qachon? Qayerda”, “Breyn-ring”, “Xamsa” va “O‘z o‘yini” yo‘nalishlari bo‘yicha musobaqalar o‘rin oldi. Bu haqda kubok tashkilotchilari xabar bermoqda.
Turnirda Rossiya, Germaniya, Isroil, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Gruziya, Ozarbayjon, Armaniston, Turkmaniston, Tojikiston kabi mamlakatlar vakillari ishtirok etdi.
Shiddatli kurashlar natijasida O‘zbekiston vakillari to‘rtta oltin va bitta kumush medal yutib oldi. “Sonet” guruhi finalda Maksim Potashev jamoasini 6:3 hisobida mag‘lub etib, “Breyn-ring” musobaqasida g‘olib bo‘ldi.
Bundan tashqari, “Sonet” yigitlari Yevrosiyo kubogida “Xamsa” bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritdi va bu yo‘nalishda ikkinchi bo‘ldi. O‘zbekiston vakili Nail Farukshin “O‘z o‘yini” yo‘nalishida “Osiyo kubogi”ni yutib oldi.
Izoh (0)