Super og‘ir vaznda WBA muntazam chempioni Ruslan Chagayev Rossiya fuqaroligini olmoqchi emasligini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “12news.uz” “TASS”ga tayanib.
“Ayni paytda bunday istagim yo‘q. Men O‘zbekiston fuqarosiman. Hozirda Rossiyaga tez-tez kelib turibman, biroq O‘zbekiston pasporti bilan ham muammolar yuzaga kelayotgani yo‘q”, — dedi u.
Nashr eslatishicha, 17-oktabr kuni Germaniyaning Kil shahrida Ruslan Chagayev va puerto-rikolik bokschi Fres Okendo o‘rtasida revansh jangi bo‘lib o‘tishi xabar berilgan edi.
Izoh (0)