Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionati yakunlandi, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Mazkur jahon chempionatida 2 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medaliga sazovor bo‘lgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi umumjamoa hisobida mezbonlardan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi.
O‘zbekiston hisobiga oltin medallarni Bilolbek Mirzarahimov (-57 kg) va Timur Merjanov (-63 kg) keltirdi. Bilolbek oltin medal uchun kechgan jangda AQSh vakili Gabriel Floresni 3:0 hisobida dog‘da qoldirgan bo‘lsa, Timur Merjanov rossiyalik Osman Aliyevni xuddi shu hisobda mag‘lub etdi.
Finalga qadar kechgan janglarda zafar quchgan Dilshodbek Ro‘zmetov (-66 kg) hamda Qosimxon Qosimov (-75 kg) kumush medal sovrindori bo‘ldi. Xalimbek Utegenov (-48 kg), Yahyoxon Saidxonov (-70 kg) va Profsor Rorimsha (+80 kg) kabi o‘zbekistonlik sportchilar esa jahon chempionatining bronza medallari bilan taqdirlandi.
Izoh (0)