FIFA 2018-yilgi jahon chempionati saralashining ikkinchi bosqich 5-tur uchrashuvidagi Bahrayn va O‘zbekiston milliy terma jamoalari ishtirokidagi o‘yinga hakamlarni tayinladi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
FIFA hakamlar departamenti qaroriga ko‘ra, 8-oktabr kuni Manamada bo‘lib o‘tadigan uchrashuvni Tojo Minoru boshchiligidagi yaponiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakamga Nagi Toshiyuki va Sinzi Ochi yordam beradi. Zaxira hakami vazifasini bangladeshlik Rahmon Mizanur bajaradi.
Saudiya arabistonilik Abdulrahmon Alzeid uchrashuv nazoratchisi, guamlik Maykl Bordallo esa o‘yin komissari etib tayinlandi.
Izoh (0)