Rossiyaning Ryazan viloyatida yengil motorli samolyot halokatga uchradi, natijada uchuvchi nobud bo‘ldi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining viloyat boshqarmasi saytida aytilishicha, avariya 13-sentabr, yakshanba kuni Moskva vaqti bilan 18:00 da sodir bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, halokatga uchragan samolyot yengil motorli ikki o‘rindiqli S-2 bo‘lgan. U qishloq xo‘jalik ishlarini bajarayotgan bo‘lgan.
Izoh (0)