Pokistonning Panjob provinsiyasi Multan shahrida avtobus bekatida sodir bo‘lgan portlash tufayli to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, yana 48 kishi yaralandi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlarning ba’zilari og‘ir ahvolda. Portlash masofadan turib uyushtirilgani yoki xudkush terrorchi tomonidan sodir etilganligi hozircha aniq emas.
Mintaqada faoliyat olib boruvchi terrorchilik guruhlaridan hech biri terakt uchun javobgarlikni bo‘yniga olganicha yo‘q.
Izoh (0)