Yer yuzidagi eng chiroyli qiz deb gruziyalik 18 yoshli Tinatin Babluani e’tirof etildi, deya xabar bermoqda “Inform.kz”.
“Sayyora go‘zali — 2015” xalqaro tanlovi finali Tbilisida o‘tkazildi. Oq tilladan yasalgan toj uchun 35 ishtirokchi kurashdi. Biroq hakamlar gruziyalik yosh qizni eng yuqori baholadi.
Tinatin Babluani uchun bu birinchi toj emas. Bungacha u Gruziya o‘smir go‘zali, vitse Yevropa go‘zali kabi unvonlarni qozongan.
Undan keyingi o‘rinlarni shvetsiyalik Frida Fornander, rossiyalik Natalya Sharonova egalladi. Shuningdek, maxsus nominatsiyada yana bir rossiyalik Albina Zamaleyeva g‘olib bo‘ldi.
Izoh (0)