Turkiya janubi-sharqidagi Xakkari viloyatining Yuksekova shahridagi tartibsizliklarning uch nafar ishtirokchisi politsiya bilan to‘qnashuvlar chog‘ida halok bo‘ldi, yetti kishi jarohatlandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Politsiya va safida Kurdiston Ishchi partiyasi (KIP) jangarilari ham bo‘lgan tartibsizlik ishtirokchilari o‘rtasidagi to‘qnashuv 26-avgust, chorshanba kechki payt sodir bo‘ldi. Viloyatda komentdantlik soati joriy etilganiga qaramay, ko‘chalarga yuzlab kishilar chiqqan, politsiya esa ularni tarqatish uchun o‘qotar qurol, suv purkagich va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan.
Izoh (0)