AQShning Florida shtati Mayami shahrida yashovchi juftlik Ki Largo oroli sohillari yaqinidagi okean tubida to‘y qildi, deya xabar bermoqda “Nur.kz”. Aynan shu yerga yarim asr avval Iso Masih haykali o‘rnatilgan.
Bunday noodatiy tantanaga kelin-kuyov yaxshilab tayyorgarlik ko‘rdi: an’anaviy oq libos va kostyum-shimga akvalang va last qo‘shimcha sifatida kiyildi. Va albatta notarius ularni nikohlab qo‘ydi.
Kelin-kuyovning do‘stlari okean tubiga tushmadi va marosimni katerda turib kuzatdi. Yosh er-xotin to‘ylarining 50 yilligini ham shu yerda nishonlashga qaror qildi.
Izoh (0)