Hindiston g‘arbidagi Gujarot shtatidagi g‘alayonlar oqibatida kamida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, 30 dan ziyod odam jarohat oldi. Bu haqda shtat politsiyasi ma’lum qildi, deya xabar berdi “TASS”.
Mamlakat bosh vaziri Narendra Modi tug‘ilib-o‘sgan shtatdagi bu g‘alayonlarni, asosan, dehqon va fermerlar mansub bo‘lgan patel tabaqasi vakillari keltirib chiqardi: ular o‘zlariga ma’lum bir tabaqalar uchun qonunchilikda ko‘zda tutilgan imtiyoz va huquqlar berilishini talab qilmoqda.
Maxsus harbiylashgan politsiya va armiya bo‘linmalari mahalliy huquqni muhofaza etish idoralariga yordamga jo‘natilgan.
Izoh (0)